«Barselona» Ispaniya çempionatining 28-turida «Malaga»ni mağlub etdi. Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida ötgan uçraşuv mehmon jamoa foydasiga 0:2 hisobida yakunlandi.
Katalonlar klubining ikkala goli ham 1-bölimda urildi. Luis Suares hisobni oçdi, söngra Filippe Koutino öz hisobiga gol yozib qöydi.
Uçraşuvning 30-daqiqasida hakam «Malaga» yarim himoyaçisi Sama Garsiyani «Barselona» himoyaçisi Jordi Albaga nisbatan qöllagan qöpolligi uçun maydondan çetlatgan.
Qayd etiş kerakki, mehmonlar safida şu kuni jamoa yetakçisi Lionel Messi maydonga tuşmadi. U oilasida uçinçi farzand tuğilişi munosabati bilan öyinni ötkazib yubordi.
Endilikda «Barselona» 28 turdan keyin 72 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. «Malaga» 13 oçko bilan musobaqa jadvalida oxirgi örinda qolgan.
Ispaniya Primerasi
28-tur
Malaga – Barselona 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Suares, 0:2 – 28 Koutino.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Rikka, Samu, Iturra, Lasen, Çori Kastro (Lestenn, 61), Rolan (Saksess, 78), En-Nesiri (Ideyye, 78).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto (Andre Gomeş, 74), Pike, Umtiti, Alba (Din, 77), Rakitiç, Buskets, Paulino, Dembele (Aleiş Vidal, 85), Suares, Koutino.
Ogohlantirişlar: Iturra (49), Suares (84).
Çetlatiş: Samu (30).












