“Parvardigoringiz, yolğiz Uning öziga ibodat qilişlaringizni hamda ota-onangizga yaxşilik qilişlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoşiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (sözlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxşi söz ayt! Ular uçun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor böl va: «Parvardigorim, meni (ular) gödaklik çoğimdan tarbiyalab östirganlaridek, sen ham ularga rahm-şafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)”. («Al-Isro» surasi, 23–24 oyatlar).

Darhaqiqat, azizlar, ota-onamiz bizdagi bebaho boylik hisoblanadi. Ular to şu kungaça bölgan muddat mobaynida bizni ardoqladi, asradi, e'zozladi, kiyintirdi, ozuqlantirdi, sevdi, sevişga örgatdi, bilim berdi, yöl körsatdi, har bir işimizda qöllab keldi, kelmoqda, bilmaganlarimizni örgatdi va hali hanuz yölimizni mayoğdek yoritib kelmoqda. Eng qiziği, bularning barçasi beminnat! Ularga bizning baxtli va soğlom  yurişimiz kifoya. 

Esingizdami, azon vaqti onamiz bizni erkalab uyğotib: “Tur bolam, maktabinga keç qolasan, yuzingni yuvib, çoyingni içib ol. Kiyimlaringni dazmollab qöydim”- desalar, otamiz esa çoy içayotgan paytimiz: “Bolam, maktabda ustozlaringni aytganini qilgin, heç kim bilan tortişma!”-deb uqtirar edilar. Bular bir qaraşda har kungi oddiy bir gaplar edi. Aslidaçi? Biz e'tibor qaratmagan xazina sözlar. Bu sözlar zamirida komil inson tarbiyasi yotadi. Ya'ni barçaning orzusi. Vaqt ötib, ular keksaygan, bizning şirin mehrimizga zor bölgan paytida esa biz ularga vaqt ajrata olmay qolyapmiz. 

Kuniga ikki lablarimiz orasidan boşqalar uçun çiqayotgan minglab ezgu  sözlardan uyga qaytsak ular uçun ikki oğiz şirin sözlarimizni ayamoqdamiz. 

Kezi kelsa qanaqadur bir tiyinga qimmat qoğozlarni deb işdan keçikib ketsak ular havotir olib qönğiroq qilgan payti bir oz muomalamiz sovuq emasmikin?!

Undan köra, kelinglar döstlar kayerda bölmaylik ularni bir zum eslaylik. Ular bilan ötgan şirin bolaligimizni yodga olaylik. Şu ötgan yorqin damlarimiz hurmati ular bilan boğlanib: “Otajon, onajon! Yaxşimisiz? Cizni yaxşi köraman, baxtimga soğ böling. Sizga rahmat”-deb aytsak, ularning köngli şod bölib, bizni yana duo qilişsa inson degan nomga bir zumga bölsa ham loyiq bölar edik.

Quyidagi suratlar sizga yoşligingiz paytidagi qaysidur şirin damlarni yodga solgan bölsa biz xursandmiz. Alloh rozi bölsin!