Rossiya Içki işlar vazirligi xodimlari kömagida xalqaro kelişuvlarga muvofiq, Novosibirsk va Moskva şaharlaridan uç nafar voyaga yetmagan Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bolalar Toşkent şahri IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi tomonidan qabul qilingan va Ijtimoiy himoya milliy agentligi kömagida ota-onalariga topşirilgan.
Mazkur holatda voyaga yetmagan şaxslar ota-onasining yaqin qarindoşiga işonçnoma asosida Rossiya Federatsiyasiga borgan, ammo işonçnoma Rossiya hududida yuridik kuçga ega emasligi sababli voyaga yetmagan fuqarolar ota-onasi qarovisiz qolgan deb e’tirof etilgan.
Ta’kidlanişiça, olib kelingan bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar ularning yaşaş manziliga yaqin bölgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan körsatiladi.
«Öz örnida, ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz çet el davlatiga jönatmaslikni, dastlab, uşbu davlatning qonunçiligini batafsil örganiş kerakligini eslatib ötamiz», — deyiladi xabarda.
Oktyabr örtalarida Içki işlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toşkent şahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan Özbekiston fuqarosini kutib olgani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, kuni keça Pekinda qiyin vaziyatga tuşib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro Özbekistonga qaytarildi.

















