Xitoyning oliy qonunçilik organi (Butunxitoy xalq vakillari yiğini) sessiyasida deputatlar mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatişni tasdiqlaşdi. Asosiy qomusdan XXR raisi va uning örinbosari lavozimi muddati böyiça çeklov haqidagi band olib taşlandi.

Deputatlarning deyarli barçasi çeklovning bekor qilinişi uçun ovoz berişgan. Faqat ikki nafar deputat qarşi bölgan, uç kişi betaraf qolgan, bir byulleten haqiqiy deb topilmagan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani jami 2858 kişi ma'qullagan.

Xitoy Xalq respublikasining hozirgi rahbari Si Jinping mamlakatni 2013 yildan buyon boşqarib kelmoqda. Yangi Konstitutsiyaga köra, u 2023 yilda ham qayta saylanişi mumkin böladi.

Odatda rais ikkinçi muddatda boşqaruvga kirişişidan oldin siyosiy byuroning tarkibiga XXR raisining bölğusi örinbosari ham kiritilar edi. Ammo 2017 yil oktabrida ötkazilgan kompartiya s'yezdida bunday bölmagandi.

Xitoyda davlat rahbari uçun faqat ikki muddatli tartib 1982 yilda amalga kiritilgandi. Öşanda islohotçi Den Syaopin Mao Tszedun bilan bölgan tarix takrorlanmasligi uçun şunday çeklov joriy qilgandi. Mao hokimiyat tepasida umrining oxirigaça turgandi.