Tramp Amerikani «buyuk qilib bo‘lgani»ni aytib, keyingi saylov kampaniyasi uchun yangi shior o‘ylab topdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatga ham saylanmoqchi. U Pensilvaniya shtati, Pittsburg shahrida tarafdorlari oldidagi chiqishi vaqtida 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasi shiori qanday bo‘lishini ma'lum qildi.
«Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz! (Keep America Great!)». Uning yangi shiori shunday.
«Atigi ikki yildan so‘ng navbatdagi poyga boshlanadi va unga «Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz!» degan yangi shior tanlaymiz. Aynan undov belgisi bilan. Biroq bu kun tartibimizni qo‘llab-quvvatlaydigan kishilarni Kongressga saylagan taqdirimizdagina amalga oshishi mumkin», — degan Tramp.
Uning fikricha, «Amerikani yana buyuk davlatga aylantiramiz» (Make America Great Again) shiori endi eskirdi.
«Biz endi «Amerikani yana buyuk davlatga aylantiramiz» deya olmaymiz. Chunki, men Amerikani buyuk davlatga aylantirdim. To‘g‘rimi? To‘g‘rimi?», degan Tramp.
Tramp yangi shior shaxsiy shior bo‘lmasligini ta'kidlagan: «Bizniki, faqat menikigina emas — biz bir jamoamiz — bu bizning yangi shiorimiz».
Politico nashri ma'lumotiga ko‘ra, mart oyi boshida Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lagoda joylashgan xususiy qarorgohida yangi saylovoldi kampaniyasi uchun homiylar bilan uchrashgan. AQSh prezidenti kampaniya uchun kuyovi Jared Kushnerning maslahatchisi Bred Paskeylni ham siyosiy texnolog sifatida yollagan.
Mavzuga oid
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024