Liviya harbiy-dengiz kuçlari 10 mart kuni Örta yer dengizida Liviya sohillari yaqinida 335 noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi. Bu haqda Liviya harbiy-dengiz kuçlarining rasmiy vakili Ayub Qosim ma'lum qildi.  

“Noqonuniy muhojirlar Afrika va arab davlatlari, jumladan Misr, Marokaş, Jazoir fuqaroligiga egalar”, deb aytgan Qosim.

Uning aytişiça, sohilböyi patruli 10 mart kuni uçta qutqaruv operatsiyasi ötkazgan, ulardan oxirgisi vaqtida 98 kişi, jumladan 8 ayol qutqarib qolingan.

Patrul muhojirlarni Liviya poytaxti Tripolidagi dengiz bazasiga yetkazgan. Muhojirlarga tibbiy yordam körsatilgaç, ular Tripolining noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş departamentiga yetkazilganlar.