Özbekiston çempionatining 2-turidan örin olgan markaziy uçraşuvida Toşkent jamoalari özaro töqnaş kelişdi.
Öyin Mirjalol Qosimov şogirdlari ustunligida keçdi. 79-daqiqada Rustam Aşurmatov darvozabondan qaytgan töpga birinçi bölib yetib kelgan holda hisobni oçdi.
Uçraşuvning oxirgi daqiqalari esa dramatik keçdi. «Paxtakor» penalti tepiş imkoniyatiga ega böldi. «Qaldirğoçlar» jamoasi himoyaçisi Davron Umirov hakam huştagi yangraşi arafasida töpni qöli bilan öynadi va hakam Şerzod Qosimov 11 metrlik nuqtani körsatdi. Biroq Jasur Hakimovning zarbasini Murodjon Zuhurov egallab oldi.
Birinçi turda «Paxtakor» «Söğdiyona»ni yenggandi, «Bunyodkor» esa öz maydonida OGMK bilan durang öynagandi — 1:1.
Endilikda «Bunyodkor» muhim öyinda ğalaba qozonib, oçkolari sonini 4taga yetkazib oldi.
Özbekiston Superligasi, 2-tur
«Bunyodkor» – «Paxtakor» 1:0 (0:0)
Gol: Rustam Aşurmatov (79)
«Bunyodkor»: 25. Murod Zuhurov, 20. Mirğiyos Sulaymonov, 2. Rustam Aşurmatov, 6. Anvar Ğofurov, 4. Akrom Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 44. Mirjamol Qosimov (18. Sardor Sobirxöjayev, 60), 30. Xurşid Ğiyosov (3. Islomjon Qobilov, 85), 13. Sanjar Qodirqulov (28. Davron Umirov, 46), 11.Murodjon Toşmatov, 9. Şahzodbek Nurmatov.
«Paxtakor»: 25.Eldorbek Suyunov, 2. Akmal Şorahmedov, 4. Şerzod A'zamov, 55. Marko Simiç, 34.Farruh Sayfiyev, 8. Dilşod Rahmatullayev (7. Azimjon Ahmedov, 82), 80. Rostin Griffits, 77. Tiago Bezerra, 18. Bahrom Abduraximov (22. Jasur Yaxşiboyev, 69), 9. Jaloliddin Maşaripov, 11. Ismoil Gonsalveş (20. Jasur Hakimov, 78).
Noaniq penalti: Jasur Hakimov (90+4)
«Bunyodkor» stadioni. 20186 tomoşabin
Hakamlar: Ş.Qosimov (Toşkent), S.Şoyusupov (Toşkent), O.Abduvasilov (Toşkent), I.Xudoydotov (Toşkent).












