Joriy yilning 26 fevralidan 2 martigaça Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida «Marketing va reklama ADWEEK 2018» haftaligi bölib ötdi. Haftalik doirasida ötkazilgan innovatsion yarmarkada Toşkentdagi Inha universiteti talabasi Doston Mardiyev ham qatnaşib, uçinçi örinni qölga kiritdi. U texnologik işlanmalari haqida alohida ma'lumot berdi:

WALL-E

Birinçi robot maketi şunday nomlanadi. Uni yaratişimda multfilmdagi robot motiv bölgan. U uy bekalariga xöjalik işlarini bajarişda yordam beradi. Şuningdek, çiqindilarni yiğib,maxsus joylarga taşiş işlarini bajaradi. Robotni 1 oy içida yasab çiqdim. Universitet professori An Çong Ku moliyaviy tomondan yordam berdi, maslahatini ayamadi va Özbekistondan topilmagan detallarni Janubiy Koreyadan olib kelib, loyihamni tugatişimga kömak berdi. Qurilmadan yonğinda va radiatsion hududlarda foydalansa böladi. Unga sun'iy intellekt ham joylaştirmoqçiman. Şundan söng u oğzaki buyruqlarni bajaradi va imkoniyatlari kengayadi. Uning köziga sensor moslamasi örnatilgan bölib, voqea haqida masofadan turib ma'lumot uzata oladi. Tanlovda maketni hakamlarga körsatganimda, uni keyinçalik paxta terişga moslaştiriş taklifini aytişdi. Yetarli investitsiya topolsam, buni amalda sinab körmoqçiman.

«SMART» aravaçalar

Bu robotni aeroport, vokzal va savdo markazlarida işlatsa böladi. Bunda aravaça maxsus ğildirak va sensor bilan jihozlanadi va uning özi belgilangan joyga boradi. Ortiqça mehnat sarflanmaydi. Hammasi avtomatlaştirilgan böladi. Hozirda oldimizda turgan muammo robotning haqiqiy namunasini yaratiş. Buning uçun mablağ masalasi hal qilinişi kerak. Homiylar topiş harakatini boşlaganman. Yurtimizda maşhur bölgan supermarketlar tarmoği rahbarlariga va «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasiga loyihamni taniştirmoqçiman. Bu hozirgi kunda muhokamaga sabab bölayotgan aeroportlarda yölovçilarga körsatilayotgan xizmat sifatini oşirişga yordam berişi mumkin. Turistlarni yurtimizga jalb qilişda ham muhim rol öynaydi. Investitsiya kiritilsa, uni reallikda köriş imkoniyati paydo böladi.

Surat çizadigan moslama

Sönggi startap bolalarga rasm çizişni örgatadi. Kompyuterga ulangan qurilma dastur orqali boşqariladi. Unga jpeg formatidagi har qanday suratni joylaştiriş mumkin. Kerakli surat tanlangandan keyin moslama ruçka bilan öşa rasmni çizadi. Jarayonni kuzatib turgan holda mustaqil rasm çizişni örganiş mumkin. Arxitekturada ham samarali qöllasa böladi. Binolarning rasmlarini yozma körinişda taqdim etadi. Yengil sanoatda kiyimlar biçimini qoğozga tuşirişda ham foydalaniş mumkin. Uni yasaşimga 3-4 kun vaqt ketdi.