Sport | 10:50 / 12.03.2018
4586
2 daqiqa o‘qiladi

Avvaliga «Roma», endi «Inter». Italiyada «Yuventus»ga yordam berishmoqda

Italiya A Seriyasining 28-turida «Inter» «Napoli»ni qabul qilib, golsiz durangga erishdi.

Endilikda neapolliklar bir o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda turnir jadvalida «Yuventus»dan 1 ochko ortda qola boshladi (70 ochko). Agar turinliklar qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonsa o‘zaro farq 4taga yetadi.

Qayd etish kerakki, o‘tgan turda «Roma» «Napoli»ni 4:2 hisobida yengib, «Yuventus»ga yordam berib yuborgandi.

«Inter» 52 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Napoli» «Jyenoa»ni qabul qiladi, «Inter» «Sampdoriya» mehmoni bo‘ladi. Ikki uchrashuv ham 18 martga belgilangan.

Italiya chempionati
28-tur

Inter – Napoli 0:0
 (0:0, 0:0)
Inter – Xandanovich, Joau Kanselu, Shkrinyar, Miranda, D`Ambrozio, Galyardini, Brozovich, Kandreva (Valero, 79), Rafinya (Eder, 64), Perishich (Karamo, 87), Ikardi.
Napoli – Reyna, Xyusay, Kulibali, Albiol, Mariu Ruy, Allan (Rog, 89), Jorjino, Gamshik (Zelinski, 71), Kalexon, Mertens (Milik, 86), Insine.
Ogohlantirishlar: Allan (17), Galyardini (38), Insine (61), Albiol (85).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid