Nima uçun bugungi kunda bilimlar diniy ilm yoki dunyoviy ilm deb ajratilmoqda? Bu qançalik töğri? Yoşlar Press-klubining diniy masalalarga bağişlangan uçraşuvida ekspertlar şu haqida fikrlar bildirişdi.
"Biz Imom Al-Buxoriy va Imom At-Termiziylar bilan bir qatorda Ibn Sinolar, Uluğbeklar, Beruniylar avlodi ekanligimiz bilan ham faxrlanamiz va bunga haqlimiz. Mirzo Uluğbekning "Ziji jadidi köragoniy" kitoblari haqida köp gapirilgan. U zot uşbu olamşumul kitoblarini nima bilan boşlaganlar? "Osmonlarda burjlarni yaratgan, Oy va Quyoşni yaratgan Alloh taolo aybu nuqsonlardan pokdir, uluğdir muazzamdir" degan ma'noni beruvçi oyat bilan boşlagan.
"Biz Mirzo Uluğbekning avlodimiz", deb maqtanar ekanmiz, bir narsani tuşunişimiz kerak. Ajdodlarimiz ilmlarni diniy yo dunyoviy deb ajratişmagan. Biz bugunga kelib, diniy ilmlar va dunyoviy ilmlar degan masalalarni kötaryapmiz, aslida bir bunga boşqaçaroq qarasak,örinliroq bölardi. Din bilan ilmni, e'tiqodimizni qarşi qöyiş notöğridir. Diniy bilimlar fandan olgan bilimlar bilan uyğun bölişi kerakligini tuşunişimiz kerak. Şunda e'tiqodimiz ham mustahkam böladi", - deydi mutaxassislardan biri.
Şu örinda Hazrat Navoiyning bu boradagi fikrlari keltirib ötildi: "Navoiy hazratlari öz davrlarida mavjud bölgan ilmiy ma'lumotlarni kiritiş bilan birga e'tiqodiy masalalarni ham birgalikda berganlar. Dunyo, yer kurrasi dumaloq. Dumaloq narsa joyida turmaydi - u qözğalib, dumalab ketib qoladi. Modomiki, yer dumaloq ekan, demak, yer ham abadiy emas". Bu degani hozir yoşlarimiz ilm-ma'rifatga qançalik çanqoq bölsa, ularni har tomonlama qurollantiriş vazifamiz. Ularni şunday öqitişimiz kerakki, olgan bilimlari diniy e'tiqodlariga zid kelmasin".
Mutaxassislarning sözlariga köra, diniy e'tiqod bilim bilan mustahkamlanişi kerak. Şuning uçun bolalarga diniy ilmlarni boğçalardan beriş taklif etilayotgani, şunda bolalar kiçikligidan halol va haromning farqiga borişi, kattalarni hurmat qilişni örganişi ta'kidlandi.
















