Bunda, öqituvçilar özlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topşiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarişi mumkin böladi.

Diagnostika natijalariga köra, öqituvçilarning kasbiy bilim va könikmalarga bölgan ehtiyojlari aniqlanadi. Öqituvçilar tabaqalaşgan ta’lim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oşiriş kurslariga jalb etiladi.

Tabaqalaşgan ta’lim dasturlarida malaka oşiriş kurslarining mazmuni öqituvçilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirişga yönaltiriladi.

2024 yildan boşlab, yuqori natija körsatgan öqituvçilar onlayn (masofaviy) ta’lim şaklidagi malaka oşiriş kurslariga jalb etiladi, past natija körsatgan öqituvçilar offlayn (an’anaviy) şakldagi malaka oşiriş kurslariga yuboriladi.

Diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlaşga qaratilgan bölib, uning natijalari öqituvçilarning mehnat faoliyatiga heç qanday huquqiy va moliyaviy ta’sir körsatmaydi.