Harvard Business Review universitetda olayotgan bilimlarimiz endilikda yetarli bölmasa, nimani örganiş kerakligiga oydinlik kiritdi.
Axborotga tölib-toşgan olamda nima qiliş kerak? Innovatsiyalar qayerdan paydo böladi? Universitetda olayotgan bilimlarimiz endilikda yetarli bölmasa, nimani örganiş kerak? Iqtisodçi va “Fank usulidagi biznes” besselleri muallifi Kell Nordstrem va şved ma'ruzaçisi va sobiq siyosatçi Per Şlingman özlarining «Urban Express: asosiy rollar şahar va ayollarda bölgan yangi dunyoning 15 qoidasi» kitobida ana şu va boşqa savollarga javob berişga harakat qildi.

Bilim kuç bölsa, u hozirda köpçilikda mavjud. Umuman olganda, hamma bir xil bilimga ega. Biroq aslida kuçlar taqsimlangan. Endilikda u Kembrij yoki Bostonning tor köçalaridagi çiroyli ğiştli binolarda töplanmagan.
Biz bilimlar olamiga bevosita nazar solişimiz mumkin. U barça yerda mavjud. Biz uni yonimizda olib yuramiz va dunyoni katta va kiçik ekranlar orqali kuzatamiz. Ular bizga yangi öyin maydonlarini oçişdi, barça ana öşa yerda töplanişadi. Yoziş mumkin bölgan jami narsalarni raqamlaştiriş mumkin. Hatto öquv muassasalarining özi ham tobora bir-biriga öxşab ketmoqda. Butun dunyo arxitektorlari axborotni umumiy ilm manbaidan olişmoqda. Agar şubhalanayotgan bölsangiz, yaqiningizdagi yangi mehmonxona yoki savdo markazini közdan keçiring. Ularda bilimlarning jami hajmi kollektivlaştirilmoqda. Bu albatta, ajoyib. Tobora köproq odamlar insoniyat tomonidan töplangan bilimdan foydalanmoqda. Bu yerda oddiy “qança köp bölsa, şunça yaxşi” tamoyili işlaydi. Biroq ilgari yaxşi hayotni ta'minlaş uçun yetarli bölgan oliy ma'lumot biz uçun “gigiyenik omil” – öz-özidan kerak bölgan narsa sifatida qabul qilinmoqda.Biz esa umrimiz davomida öqib örganişimiz lozim. Hozirgi kunda bu jarayon heç qaçon tugamaydi. Öquv muassasasidami, uning taşqarisidami, bu muhim emas. Bilimlarning umumiy hajmi kundan-kunga özgarib, ortib bormoqda.
Maktab va universitetlarda olinayotgan bilimlar yetarli emas ekan, bizdan nima talab etiladi? Savolning javobi oddiy bu – yovvoyi bilimlar...
Yuqorida nomi keltirilgan kitobda yovvoyi bilimni qölga kiritiş uçun asosiy tört tamoyil taklif etilgan.
1. Işga kirişing va olğa intiling















