Özbekistonga Rossiya yahudiylar kongressining 50 kişidan iborat delegatsiyasi taşrif buyurdi. Mehmonlar orasida barça sevib tomoşa qiluvçi "Pole çudes" telekörsatuvi boşlovçisi, taniqli aktyor, Rossiya yahudiylar kongressi a'zosi Leonid Yakuboviçning borligi kutilmagan yangilik böldi, deyiladi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Facebook sahifasida.

Mehmonlar borgan birinçi joy viloyat yoşlar markazi böldi, qaçonlardir bu yerda Vladimir Visotskiy konsert bergan. Ular şu yerning özida şahar hokimi Karim Kamolov bilan uçraşişdi. Suhbat davomida şahar ma'muriyati rahbari Buxoro, uning bugungi kundagi tarixiy ahamiyati haqida sözlab berdi, şaharning jahon turizm markazlaridan biriga aylantirişga doir rejalar bilan bölişdi.

Şuningdek asrlar oşa bizning ölkamizda yuzlab ming yahudiylar boşqa millat vakillari bilan yelkama-yelka, tinç yaşaşgani va mehnat qilişgani qayd etildi. Bugunga kelib viloyatda 500 nafar yahudiy istiqomat qiladi. Rossiya yahudiylar kongressi rahbari Yuriy Kanner, öz navbatida, Buxorodagi turizm sohasida amalga oşirilgan işlarni yuqori baholadi va şaharni "dunyo poytaxtlaridan biri" deb atadi. Şu bilan birga, u Buxoroning qadimiy tarixiy obidalari haqidagi ilk taassurotlari bilan bölişdi. Uçraşuv oxirida tomonlar sovğalar bilan almaşişdi. 

"Özbekistonda urf-odatlar va an'analarni saqlab qolişga bölgan bunday yondaşuv juda yoqimlidir. Bizning xalqlarimiz örtasida öxşaşliklar köp, - deydi Yuriy Kanner. - Aynan şu öxşaşlik köp asrlik döstligimizga sabab bölgan bölsa ajab emas. Buxoroda hanuz yahudiylar jamiyati, 2 sinagog, şuningdek 200 dan ziyod bola ta'lim oluvçi yahudiylar maktabining mavjudligi şubhasiz odamni quvontiradi. Bu bir narsani bildiradi - özbek-yahudiy aloqalari yanada mustahkamlanadi".

Şundan söng mehmonlar Vladimir Visotskiy köp yillar avval konsert bergan zalga taklif qilindi. Leonid Yakuboviç qaçonlardir maşhur aktyor va qöşiqçi bölgan muhitni his qiliş unga uning sahnasiga çiqiş istagini bildirdi. Şundan söng u öz taassurotlari bilan bölişdi.

"Inson qanday dinga e'tiqod qilmasin, unda doim işonç bölişi muhim, - deydi teleboşlovçi. - Men Buxoroda köp yillar ilgari bölgandim, şahringizda meni hayratga solgan narsa yuzlab, minglab yillar avval qurilgan obidalarning hanuz ilk körinişini saqlab qolgani böldi. Mening fikrimça, sizlar qalblaringizda mayoq kabi nur taratib turgan işonçingiz tufayli buning uddasidan çiqqansiz".