1-mart kuni yangi formatdagi Özbekiston çempionati — Superliga start oldi. Ayni vaqtga kelib 2-tur öyinlari ham ötkazib bölindi. Bu mavsumda Özbekiston çempionatida qanday özgarişlar kuzatilmoqda. Quyidagi maqolada şu haqda.

TRANSLYaTsIYaLAR

Bu katta voqea. Özbek futboli tarixida birinçi marta turning hamma uçraşuvi töğridan-töğri olib körsatilmoqda. Özbekiston çempionati muxlislarini köpaytiriş va tarğib qilişning bundan samaraliroq yölini bilmayman.

Har bir öyinning jonli efirda olib körsatilişi muxlislar orasida u yoki bu öyin yoki vaziyat haqida tasavvur hosil qiladi. Ayniqsa, OAV uçun öyinlarni keng yoritib boriş va tahlil qiliş, eng yaxşi futbolçilarni aniqlaş, hakamlar bilan boğliq vaziyatlarga obektiv baho beriş imkonini beradi.

Bu tomondan «Sport TV» ham juda katta qadam taşlaganini e'tirof etiş kerak. Translyatsiyalarni amalga oşiriş va bu işda qançalab odamlar qattiq mehnat qilayotganini eşityapmiz, şu bilan birga masalan tur öyinlari haqida tahliliy körsatuvlarga harakat qilinayotgani tahsinga sazovor.

Misol uçun «Referi taym» menga yoqdi. Har bir öyinda sodir bölgan bahsli vaziyatlar professional nuqtai nazar bilan tahlil qilib boriladi. Faqat bitta e'tirozim bor. Bilişimça, bu körsatuv ÖFA bilan hamkorlikda tayyorlangan va assotsiatsiya uşbu körsatuvga mas'ul xodimini jönatişni zimmasiga olgan. Bu bir tomondan yaxşi, çunki bunday körsatuvlarga mutaxassilarni har safar topiş va ularni gapirtiriş oson emas. Ammo ikkinçi tomondan, tahlil uçun mustaqil ekspertning bölgani durust edi. Sobiq hakam yoki mutaxassis vaziyatlarni tahlil qilsa va kerak bölganda, hakamning xatolarini ham oçiq ayta olsa... Ana şunda körsatuvning qiziqarliligi va xolisligi ortardi, nazarimda.  

«ReAL» YoKI «PAXTAKOR»?

Aytilişiça, Superligadagi uçraşuvlar vaqti «Sport TV» kanali va Liga örtasidagi kelişuvlar asosida belgilanib boriladi. Hatto agar Sport kanalida qandaydir muhim translyatsiya (masalan, A Seriyaning markaziy öyini yoki boşqa sport öyinlari) közda tutilgan paytlarda, Superliga uçraşuv vaqtini televideniyega moslaşi ham mumkin ekan. Bu yaxşi va xalqaro marketingda kuzatiladigan holat.

Ammo, ötgan ikki turning eng markaziy uçraşuvi «Bunyodkor» va «Paxtakor» örtasidagi öyin «Mançester Yunayted» - «Liverpul», «Eybar» – «Real» uçraşuvlari bilan bir paytda bölib ötdi. Töğri, bu öyinlar «Sport TV»da translyatsiya qilinmaydi, umuman, futbol uçraşuvining heç qayerda futbol bölmayotgan paytda ötkazilişini talab qiliş noörin. Lekin, heç e'tibor berganmisiz, «El Klassiko» heç qaçon Angliyadagi biror markaziy öyin bilan bir paytga qöyilmaydi. Bu yerda muxlis qiziğini körsin deb raqobat qiliş emas, muxlislarga tanlov imkoniyatini beriş, iloji boriça öyin auditoriyasini kengaytiriş muhim darajaga çiqadi.