Xitoyning Vanyuan şahridagi Batayşan toğli landşaft boğida dengiz sathidan 1980 metr balandlikda joylaşgan oynavand piyoda köprigi oçildi. 12 mart kuni Xitoy markaziy televideniyesining ma'lum qilişiça, bu köprik dunyodagi eng baland joylaşgan köprik böldi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, barça istovçilar yerdan 186 metr balandlikda ikki toğ çöqqisi orasida joylaşgan köprikdan sayr qilişlari mumkin. Köprik ötgan balandlik 66 qavatli binoning tomiga teng. Köprikning uzunligi 198 metrni taşkil qiladi, u eni 2,5 metr keladigan şaffof oynavand panellardan taşkil topgan.

Köprik qurilişi fevral boşida yakunlangan, biroq bir oy davomida konstruksiya sinovdan ötkazilgan. Köprik keng omma uçun 10-11 mart kunlari oçilgan. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln yuanni (1,58 mln dollar) taşkil qilgan.



Dunyodagi eng uzun oynavand piyodalar köprigi 2017 yil 24 dekabrda Xitoyning Xebey viloyatida oçilgan. Uning uzunligi 488 metrni, eni esa 2 metrni taşkil qiladi. Köprik Pinşan uyezdidagi ikkita toğ çöqqisini boğlaydi va pastda joylaşgan vodiydan 218 metr balandlikdan ötgan. U qalinligi 4 sm keluvçi 1077 ta oynavand paneldan taşkil topgan.
Köprik konstruksiyasi 2 ming kişining oğirligini kötara oladi, biroq unda bir vaqtda 500 kişi bölişiga ruxsat berilgan.











