Kubaning Xalq hokimiyati milliy assambleyasiga (parlament) saylovlar natijalariga köra, barça 605 deputat öz lavozimlariga saylandi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi ma'lum qildi.
Ular orasida Kuba davlat kengaşi va vazirlar kengaşi rahbari Raul Kastro bor. Uning nomzodi saylovlarga Santyago-de-Kuba viloyatidagi munitsipalitetlardan biri tomonidan qöyilgandi. Granma portali ma'lumotlariga köra, 11 martda ötgan saylovlarda 8,9 mln saylovçidan 83 foizi qatnaşgan.
Bu saylovlar şunisi bilan muhimki, parlamentning yangi çaqiriği 19 aprelda özining birinçi majlisida Kuba davlat kengaşi a'zolarini saylaydi, ular esa öz navbatida Kubaning yangi rahbarini tanlaşadi. Ayni vaqtda mamlakatdagi eng yuqori lavozimlarni Raul Kastro egallamoqda, biroq u avvalroq bu lavozimlarni aprelda tark etişini aytgan.












