Texnologiya | 14:38 / 13.03.2018
5845
1 daqiqa o‘qiladi

Simsiz quvvatlantirish iPhone X akkumulyatorini tez ishdan chiqaradi

Foto: Gazeta.Ru

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, iPhone X va iPhone 8’dagi simsiz quvvatlantirish funksiyasi batareyani sim yordamidagi «klassik» zaryadkadan ko‘ra ko‘proq eskirtiradi. Bu haqda ZDNet xabar bermoqda.

Tadqiqot muallifi Edrian Kingsli-Hyuzning ta'kidlashicha, Apple akkumulyatori quvvatlantirishning 500 siklidan so‘ng ishdan chiqadi. U simsiz zaryadkadan sentabrda foydalanishni boshladi hamda martga kelib uning iPhone’ida 135 sikl bor edi. Muallifning hisob-kitobiga ko‘ra, batareya shunday sur'atlar bilan 20 oyning ichida butunlay ishdan chiqadi, garchi simli quvvatlantirish davrida akkumulyator ishi standart davomiyligi minimum uch yilni tashkil etgan.

Kingsli-Hyuzning qo‘shimcha qilishicha, u butunlay simsiz siklga o‘tganidan so‘ng qurilmasini doiminiy ravishda quvvatlantirishga majbur bo‘lmoqda. Endi u yangi texnologiyadan voz kechish hamda kabelli zaryadkaga yana qaytishni rejalashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid