Tojikistondagi barça davlat idoralari, muassasalari va taşkilotlarining xodimlariga şanba kunlari ertalabki badantarbiyada iştirok etiş majburiy qilib qöyildi. Bu haqda Tojikistonning yoşlar va sport işlari böyiça qömitasi rahbari Ahtam Abdullozoda ma'lum qildi.
“Tojikiston prezidenti ijroiya apparati mamlakatning barça şaharlari va tumanlarida yil oxirigaça har şanba kuni ertalabki badantarbiya ötkazilişi belgilangan tadbirlar rejasini tasdiqladi”, deb aytgan Abdullozoda.
2017 yil yanvaridan boşlab Tojikiston içki işlar vazirligining barça xodimlari bir haftada ikki marta badantarbiya, kross yuguriş va suziş bilan şuğullanib keladilar. Ularga sportga köproq e'tibor qaratiş, ortiqça vazndan xalos böliş va özlarini yaxşi jismoniy körinişga keltirişni içki işlar vaziri Ramazon Rahimzoda buyurgan.
Ötgan şanba kuni jadval böyiça badantarbiyaga birinçi bölib Tojikiston quriliş va arxitektura qömitasi xodimlari çiqişgan.











