AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ prezidentining 1995, 2010 va 2012-2013 yillardagi farmonlari bilan Eronga qarşi kiritilgan sanksiyalarning amal qiliş muddatini uzaytirdi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.
Sanktsiyalar 2018 yil 15 martdan boşlab bir yilga uzaytirildi. Sanktsiyalar uzaytirilişiga sabab sifatida Eron hukumatining xatti-harakatlari va siyosati, jumladan ballistik raketalar işlab çiqilişi, xalqaro terrorçilik qöllab-quvvatlanişi va inson huquqlari buzilişi aytilgan.
Şu bilan birga Eronga qarşi kiritilgan sanksiyalarning yadroviy dastur böyiça qisman bekor qilinişi amal qilişi davom etmoqda. Tramp yanvarda Erondan sanksiyalar olinişi muddati uzaytirilişini, biroq bu uzaytiriş oxirgisi bölişini aytgan.












