Dam oliş maskanimiz Jizzax viloyatining Zomin tumanida, Turkiston toğ tizmasining şimoliy etaklaridagi qöriqxonada joylaşgan.

Foto: Azim Zomin Şifo

Dam oliş maskanimiz 2017 yil iyul oyida oçilgan bölib, kardiologiya, urologiya, nevrologiya, ginekologiya va stomatologiya kasalliklariga ixtisoslaştirilgan. Barça qulayliklarga ega bölgan ikki örinli şinam yotoqxonalardan, hamda oilaviy kottedjlardan taşkil topgan 110 öringa möljallangan. Maskanimizda zamonaviy diagnostik asbob uskunalari UTT apparati (Koreya davlatidan keltirilgan), 67 xildan ortiq laboratoriya tekşiruvlarini öz vaqtida tezkor usulda tekşirib beriş imkoniyatiga ega. Bundan taşqari, fizioterapiya davolaş usullaridan UVÇ, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, vakuum terapiya, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar ötkaziladi. Balneologiya bölimida – yod-bromli, marvaridli, nina bargli daraxtlar damlamasidan hamda Rossiyadan keltirilgan, 100 yillardan beri işlatib kelinayotgan rus akademigi A.S.Zalmanov tomonidan yaratilgan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan vannalar tayyorlab davolaniladi. Bu vannalar inson organizmini yoşartiradi, tomirlardagi tiqinlarni oçadi, tizza böğim oğriqlarida va qon bosimini mö'tadillaştiriş xususiyatiga egadir. Parafin (şam) bilan davolaş, kedr boçkasi, infraqizil nurli sauna, balçiq bilan davolaş, yozgi basseyn sizning xizmatingizda.

Foto: Azim Zomin Şifo

Fitobarimizda toğ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi. Kislorodli köpiklar dam oluvçilarga kun mobaynida tetiklik bağişlaydi.

Urologiya sohasida olib borilayotgan davolaş işlarimiz qisqa vaqt davomida öz samarasini bermoqda. Urologik kasalliklardan buyrak va siydik nayi, qovuq şamollaşi, surunkali prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolovçi maxsus fizioterapevtik apparatlar mavjud.

Foto: Azim Zomin Şifo

“Mavit” – magnitorezonansli prostata bezini massaj qiliş, qon aylanişini yaxşilovçi va yengili isitiş orqali davolaşdir. Bunda 7-9 seans ötkaziladi.