Muassasa joriy yilning 2 noyabridan Respublika Ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan işlab çiqilgan hamda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan «COVID-19» yangi koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni bosqiçli tibbiy reabilitatsiyasini taşkil etiş böyiça uslubiy tavsiyanoma asosida öz faoliyatini uşbu kasallikni ötkazgan fuqarolar uçun reabilitatsiya jarayonini taşkil etuvçi markaz sifatida davom ettiradi.
Aytiş mumkinki, sönggi bir neça oy davomida köplab yurtdoşlarimiz butun dunyo aholisi jabr körayotgan koronavirus infeksiyasi bilan xastalandi. Natijada, ularning aksariyati tibbiy reabilitatsiyaga muhtojlik sezmoqda. Öz vaqtida boşlangan reabilitatsiya muhim ahamiyatga ega bölib, bemorlarni tez kunda avvalgi soğlom hayot tarziga qaytişlariga yordam beradi. Yuqoridagi uslubiy tavsiyanomaga asosan esa tibbiy reabilitatsiyaning uçinçi bosqiçini sanatoriya şaroitida ötkaziş tavsiya etiladi.


Reabilitatsiya uçun barça qulayliklarga ega bölgan «Azim Zomin Şifo» soğlomlaştiriş va dam oliş maskani iqlimiy kurort hisoblanib, tört tarafdan qirlar bilan öralgan tabiiy örmonzor qöynida joylaşgan. Muassasa hududidan oqib ötadigan soy, turfa gullar, manzarali-mevali daraxtlar hamda toza havo reabilitatsiya talablariga aynan mos keladi.


Şuningdek, maskanda:
- zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada klinik tahlillardan taşqari, «COVID-19»ga IFA immunoglobulin G (IGG) va immunoglobulin M (IGM) miqdorlari aniqlanadi;
- bemorlarga reabilitatsiya jarayonini taşkil etiş böyiça maxsus tayyorgarlikka ega şifokorlar (kardiolog, nevropatolog, urolog, genekolog) xizmat körsatadi;
- ovqatlantiriş işlari ratsional diyetoterapiya me'yorlariga mos ravişda taşkil etiladi;
- fizioterapiya bölimida: lazeroterapiya, magnitoterapiya, elektrofarez, nebulayzer (ingalyatsiya), tszinda, darsonval, UVÇ va boşqa muolajalar qilinadi;
- malakali hamşiralar tomonidan kerakli inʼeksiyalar va dorilar bilan davolaş muolajalari amalga oşiriladi;

















