Aytiş mumkinki, ötgan beş yil davomida mazkur sanatoriyda minglab insonlar dardiga şifo topdi.

Zomin toğlari dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylaşgan bölib, betakror tabiat, qalin arçazorga burkangan toğlardan tuşayotgan muzdek zilol suv va şifobaxş buloqlarga boy. Öziga xos arça va qarağay örmonlarini ham boşqa joylardan topiş amrimahol. Bu yerda Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob ösimliklarni uçratasiz. Xuşböy ötlarning har biri qaysidir kasallikka davo böladi.
«Azim Zomin Şifo» sanatoriysida yuqori malakali urolog, kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog, endokrinolog vraçlar sizning salomatligingiz bilan şuğullanişadi.


Sanatoriyda barça qulayliklarga ega bölgan yotoqxonalar va oilaviy kottejlar mavjud.
Eng zamonaviy uskunalar vositasida 75 turdagi laboratoriya diagnostika xizmatlari körsatiladi. UZI apparati tekşiruvlarining barça turlari mavjud. Maxsus fitobarda toğ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi.
Sihatgohda fizioterapiya davolaş usullaridan UVÇ, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, vakuum terapiya, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar ötkaziladi. Suv bilan davolaşda sun’iy marvaridli, yod-bromli, ninabargli daraxtlar damlamasidan, jumladan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan, vannalardan foydalaniladi. Bu esa tanani har tomonlama soğlomlaştiradi. Boşqa joylarda kam uçraydigan kedr boçkasi ham xizmatingizda, xohişingizga qarab parafin, infraqizil nurli sauna, balçiq bilan davolaşdan foydalanasiz.


Sanatoriyda tuzli ğor ham oçilgan bölib, bu sizning nafas yöllaringiz, turli allergik kasalliklarni davolaşda yaxşi samara beradi.
Uşbu maskan urologiya sohasida ham yaxşi natijalarga erişmoqda. Urologik kasalliklardan buyrak va siydik nayi, qovuq şamollaşi, surunkali prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolovçi maxsus fizioterapevtik apparatlar bilan yuqori sifatli xizmatga tobora talab oşmoqda.












