Muassasada asosan tabiiy omillar, xususan, gözal tabiat, toğning toza havosi, yumşoq kontinental iqlim, issiq va barça şaroitlarga ega şinam xonalar mavjud. Şuningdek, jonkuyar va yuqori malakali şifokorlar hamda ğamxör xodimlar xizmatidan bahramand bölasiz.


«Azim Zomin şifo» dam oliş va davolaniş maskanidagi fiziomuolajalar (lazer magniterapiya, UZT, UVÇ, darsonval, limfodrenaj, elektrofarez, tszinda, vibromassaj), balneologik muolajalar (kedr boçka, mineral va giyohli vannalar, ozokerit-parafin applikatsiyalari), massaj, ignali refleksoterapiya, ingalyatsiya, galoterapiya (tuzli ğor), fitobardagi giyohli damlamalar, kislorodli köpik, kompyuterli traksiya muolajalari, salomatlik yölaklari – terrenkur yölaklari böylab yuriş sizning soğliğingizni tezda tiklaşda yordam beradi.


Şu bilan bir qatorda, mohir oşpazlar tomonidan tayyorlangan vitaminlarga boy va mazali taomlar sizlarga quvvat baxş etadi.

Darvoqe, köpçilik insonlar yurtimizda ham COVID-19 infeksiyasini yuqtirib oldi va turli muolajalar yordamida davolandi. Afsuski, uşbu kasallik ayrim insonlarda davolanişdan keyin ham turli asoratlar qoldirayotgani aniqlanmoqda.


Bu asosan qanday belgilar bilan namoyon bölmoqda?















