Zomin toğlari orasida joylaşgan «Azim Zomin Şifo» soğlomlaştiriş va dam oliş markazi 2017 yilda taşkil qilingan bölib, noyob iqlimi va öziga xos manzarasi bilan alohida e’tiborga sazovor.

Zomin toğlariga «Özbekiston Şveytsariyasi» deya ta’rif beriladi. Bu bejiz emas albatta. Dengiz sathidan 2500 metr balandlik, qalin arçazorga burkangan toğlardan tuşayotgan muzdek zilol suv va şifobaxş buloqlarning özi jonga orom beradi.
«Azim Zomin Şifo» sanatoriysida yuqori malakali urolog, kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog vraçlar sizning salomatligingiz bilan şuğullanişadi.

Mazkur sanatoriy yildan yilga mijozlar talab va takliflaridan kelib çiqqan holda, zamonaviy qiyofaga kirib bormoqda. Sanatoriyda barça qulayliklarga ega bölgan kuz va qiş mavsumida issiqqina yotoqxonalar va oilaviy kottejlar mavjud.

Maskanda eng zamonaviy uskunalar vositasida 90 turdagi laboratoriya diagnostika xizmatlari körsatiladi. UZI apparati tekşiruvlarining barça turlari mavjud. Maxsus fitobarda toğ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi.



Şuningdek, fizioterapiya davolaş usullaridan UVÇ, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, umurtqalarni tölqinli zarbalar yordamida davolaş apparati, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar ötkaziladi. Suv bilan davolaşda sun’iy marvaridli, yod-bromli, nina bargli daraxtlar damlamasidan, jumladan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan vannalardan foydalaniladi. Bu esa tanani har tomonlama soğlomlaştiradi. Boşqa joylarda kam uçraydigan kedr boçkasi ham xizmatingizda, xohişingizga qarab parafin, infraqizil nurli sauna bilan davolaşdan foydalanasiz.














