Rimliklar nimçorak finalning javob öyinida bosniyalik futbolçining yagona goli evaziga ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqişdi.
ROMA – ŞAXTYoR – 1:0 (0:0)
Gol: Djyeko, 52.
«Roma» (Rim): Alisson, Florentsi, Manolas, Fasio, Kolarov, Nainggolan, De Rossi, Strotman, Dengiz Under (Jyerson, 65), Djyeko (El-Şaaravi, 89), Perotti.
«Şaxtyor» (Donetsk): Pyatov, Butko, Ordets, Rakitskiy, Ismaili, Marlos (Dentinyu, 82), Fred, Stepanenko (Patrik, 74), Tayson, Bernard, Ferreyra.
Ogohlantirişlar: Florentsi, 39. Manolas, 54. Stepanenko, 71. Fred, 76. Ferreyra, 80.
Çetlatiş: Ordets, 79.
Hakam: Undiano Malenko (Ispaniya).
13 mart. Rim. «Stadio Olimpiko».
Birinçi öyin - 1:2.
Monçining tavqi la'nati
«Roma» - «Şaxtyor» örtasidagi javob bahsidan oldin barça bu safar afsonaviy sport direktori, 1 yil muqaddam Andalusiyadan Rimga kelgan Monçi bilan boğliq statistikani muhokama qila boşladi. U turnirning nimçorak finalida «Sevilya» bilan 3 marta öynagan va 3 safar ham çorak finalga çiqa olmagandi. Andalusiyaliklar 2007-08 yilgi mavsumda «Fenerbahçe»ga, 2008-09 yilgi mavsumda TsSKAga, 2016-17 yilgi mavsumda «Lester»ga yutqazgandi. Uning sovrinlar burçagida ikkita UYeFA Kubogi va 3ta Yevropa Ligasi Kubogi bor, ammo u jamoasi bilan YeÇLning çorak finaliga ham çiqa olmagandi.
Uzoq kutilgan ğalaba
Monçiga aloqador bölmagan holda Rimda ham xalqaro turnirlardagi katta ğalabalarni uzoq vaqt kutib qolişgandi. Oxirgi marta rimliklar Yevropa Çempionlar ligasi çorak finaliga 10 yil muqaddam, 2007-08 yilgi mavsumda çiqişgandi. Öz navbatida «Şaxtyor» öz tarixida bu bosqiçda faqat bir marta öynagan, öşanda ham, 2011 yil bahorida nimçorak finalda aynan «Roma» tösiğidan ötilgandi. Ikki jamoadan biri seşanba oqşomida muvaffaqitsizlikka çek qöyişi kerak edi va bu «Roma» böldi.
Safarda ham öz uyingdagidek
Rimdagi öyinning birinçi bölimida ukrainlar töla ustunlik qilişdi. «Roma» safarda gol ura olgani tufayli öz uyida minimal hisobdagi ğalaba evaziga keyingi bosqiçga çiqişi mumkinligini hisobga olib, birinçi navbatda gol ötkazmaslikka harakat qildi. Öyinning dastlabki qismidagi 20 daqiqada rimliklar raqib jarima maydonçasiga yaqinlaşişmadi. Faqat birinçi bölim oxirida maydon egalarida faollik kuzatila boşlandi.













