Negevda (Isroil) David Ben-Gurion nomidagi universitet tadqiqot guruhi kompyuter quloqçinlari va dinamiklari yordamida ma'lumotlarni qölga kiritiş böyiça tajriba ötkazdi. Bu usul haqida Bleeping Computer naşri ma'lum qildi. 

Mutaxassislar tomonidan MOSQUITO deb nomlangan hujum usuli kompyuterni undagi çiquvçi audiorazyomlarni almaştirib qöyiş orqali zararlaşni közda tutadi. Zararlangan kompyuter mohiyatan bir vaqtning özida dinamik va quloqçinlarni mikrofonlar kabi ovozli axborot uzatgiçga aylantiradi.

Zararli dastur kompyuterda saqlangan fayllarni audiosignallarga aylantirib, ularni xakerlarga uzatişi mumkin. Axborotni qabul qiluvçi maşina şu zararli dasturni qöllab, axborotni dinamik yoki quloqçin orqali qabul qilib, uni yana faylga aylantiradi.

Ötkazilgan tajribada 1 metrdan 9 metrgaça masofaga uzatilgan ikkilik sanoq tizimidagi ma'lumotlar massivi iştirok etgan. Axborotni uzatiş tezligi soniyasiga 1800 bitga yetgan. Bunda atrof-muhit şovqini, inson nutqi yoki musiqa virusning ğaraz harakatlariga sezilarli xalal bermagan.

Tadqiqotçilar ma'lumotlariga köra, axborot uzatiş tezligi ikki kompyuter  dinamiklari bir-biriga qaratilmaganda yoki ma'lumotlar uzatiş vaqtida tovuş çastotasi özgarganda keskin pasayib ketadi. 

Mutaxassislarning fikriça, bunday muammolar xakerlarga katta muammo tuğdirişi dargumon. Bunday hujumdan qoçib qutuliş yöli hozirça noma'lum.