Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) sobiq çempioni irlandiyalik Konor Makgregorga faoliyatni yakunlaş haqida öylab köriş taklifini berdi. Sportçining sözlari Yahoo Sports tomonidan keltirilgan.

«Unda pullar, yaxşi hayot bor, u UFC ikki divizionida sovrinlarni yutib olgan. Uzoqroq yur! Bu sport burgerlar qirollariga emas. Bu yerda haqiqiy jangçilar bor», - deya aytib ötdi Nurmagomedov.

Uning ta'kidlaşiça, irlandiyalik xuddi «Floyd Meyvezer bilan boks kabi» yengil janglarni qidirmoqda.

Rossiyalik jangçi özining navbatdagi uçraşuvini amerikalik Toni Fergyusonga qarşi 7 aprel kuni ötkazadi. Bu jang yengil vazn toifasida (68dan 70 kilogrammgaça) UFC çempionligi uçun bölib ötadi.