Özbekistonda jurnalist Bobomurod Abdullayevning qamoqqa olinişi va uzoq vaqt davom etgan tergov jarayoni Özbekiston şaroiti uçun xos bölmagan tarzda katta rezonansni keltirib çiqardi.
U 2017 yilning 27 sentabrida uyidan olib ketilgan, 1 oktabr kuni Yunusobod tuman sudi uni 10 kun muddatga hibsga oliş haqida qaror çiqargandi.
Usmon Haqnazarov taxallusi ostida xorij naşrlarida çiqişlar qilgan jurnalist Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159-moddasi 4-qismi böyiça (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) ayblangan.
Keyinroq, oktabr oyida uning şeriklari sifatida Hayotxon Nasriddinov, Ravşan Salayev va Şavkat Olloyorov qölga olingan.
«Usmon Haqnazarov» taxallusi bilan siyosiy maqolalar internet naşrlarida 2003 yildan paydo bölgan. Muallif bunday maqolalarida Özbekistondagi korrupsiya holati va siyosiy repressiyalar haqida yozgan. Bobomurod Abdulla taxallusida ham ijod etgan jurnalist oxirgi yillarda qalami ötkir sport jurnalisti sifatida tanilgandi.
Jurnalist hibsga olingaç, dastlabki haftalardayoq tergov jarayonida qiynoqlar qöllangani haqidagi xabarlar yuzaga çiqdi. Fevral oyida Human Rights Watch rasmiy saytida Özbekiston hukumatidan jurnalistning qiynoqqa solinişi örganilişi söralgan maqola e'lon qilindi. Unda inson huquqlarini himoya qiluvçi boşqa taşkilotlar, xususan, Amnesty International, Freedom Now, Article 19, Freedom House, Markaziy Osiyo inson huquqlari assotsiatsiyasi (The Association for Human Rights), Fuqaroviy huquqlar himoyaçilari (Civil Rights Defenders), Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi (The Committee to Protect Journalists), Inson huquqlari böyiça xalqaro hamkorlik taşkiloti (Internation Partnership for Human Rights), Norveg Xelsinki qömitasi (The Norwegian Helsinki Committee), Çegara bilmas jurnalistlar (Reportes Without Borders), Inson huquqlari böyiça xalqaro özbek-nemis forumi (The Uzbek-German Forum for Human Rights) Özbekiston hukumatini «jurnalist Bobomurod Abdullayevga nisbatan qöllangan qiynoqlar yuzasidan xolisona va mustaqil tekşiruv ötkaziş»ga çaqirdi.
Fevral oyi oxirida Bobomurod Abdullayev işi böyiça mart oyida sud işi boşlanişi ma'lum qilindi. 7 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi va xalq maslahatçilari iştirokida Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevga nisbatan sud işi jinoyat işlari böyiça oçiq sud majlisi boşlandi.
Oçiq tartibdagi sud majlisida sudlanuvçilarning qarindoşlari va yaqinlaridan taşqari, xalqaro kuzatuvçilar, jamoatçilik taşkilotlari vakillari, xorijiy axborot agentliklari va mahalliy naşrlarning jurnalistlari iştirok etişdi.













