2017/18 yilgi Çempion Ligasi 1/8 finalining sönggi öyini ötkazildi. 

Kataloniyada keçgan "Barselona" - "Çelsi" öyinida mezbonlar yirik hisobda ğalabaga erişdi – 3:0. 

Öyinning 3-daqiqasida Messi hisobni oçişga muvaffaq böldi. 20-daqiqada Dembele oradagi farqni 2taga yetkazdi. 63-daqiqada Messi dubl qayd etib, jamoasining yirik hisobdagi ğalabasini ta'minladi. 

Jamoaolar örtasida Londonda keçgan ilk öyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Şu tariqa, "Barselona" ikki öyin natijasiga köra çorak final yöllanmasini qölga kiritdi. 

Barselona Ispaniya – Çelsi Angliya 3:0

Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 20 Dembele, 3:0 – 63 Messi.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitiç, Serji Roberto, Inesta (Paulino, 56), Buskets (Andre Gomeş, 61), Dembele (Aleiş Vidal, 67), Messi, Suares.
Çelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 67), Villian, Fabregas, Azar (Pedro, 82), Kante, Alonso, Jiru (Morata, 67).
Ogohlantirişlar: Serji Roberto (22), Villian (45), Jiru (49), Alonso (75).
Ilk uçraşuv 1:1