2017 yil yakunlariga köra, Singapur sayyoraning "eng aqlli" şahri deya tan olindi. Juniper Research kompaniyasi tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalari şundan dalolat bermoqda. 

Konsalting kompaniya Intel korporatsiyasining qöllab-quvvatlaşi ostida ötkazgan tadqiqot yakunlariga köra, "aqlli şahar" tuşunçasiga muvofiq keluvçi 20 şahar nomi e'lon qilingan. Gap internet-texnologiyalar maksimal darajada boşqaruv tizimiga tatbiq qilingan, şuningdek transport infratuzilmasi, soğliqni saqlaş, jamoatçilik tartibini saqlaş  tizimlarini qöllab-quvvatlaş imkonini beruvçi aholi punktlari haqida bormoqda. Business Insider'da xabar berilişiça, reytingda ikkinçi yil ketma-ket Singapur şahar-davlati birinçi örinni egallamoqda, bu safar u barça nominatsiyalarda yetakçilik qildi. 

Masalan, Singapurda yöl tarmoği boşqa joylarga nisbatan juda yaxşi öylangan, bu yöllardagi tirbandlikni kamaytiriş va şu bilan aholi mobilligini oşiriş imkonini beradi. Bunga şahar-davlatda qabul qilingan yangi avtomobil xaridi jarayonini qiyinlaştiruvçi qonunlar ham turtki beradi.

Bundan taşqari, maxsus tibbiy ilovalar insonga öz salomatligini doimiy nazorat qiliş va masofadan turib şifokorlar bilan muloqot qiliş imkonini beradi. 

Şuningdek Singapurda sodir etilgan qoidabuzarliklarga tezkor reaksiya qiliş imkonini beruvçi videokuzatuv tizimi ham juda yaxşi yölga qöyilgan. 

Reytingda Singapurdan keyin London, Nyu-York, San-Frantsisko va Çikago nomlari keltirilgan. Xitoyning uç şahri va Hindistonning Bxubaneşvari ham yigirmatalikdan örin olgan.

Ta'kidlaş joizki, Singapur ötgan yili ham reyting yetakçisi bölgan. Undan keyingi örinlarda esa Barselona, London, San-Frantsisko va Oslo kelgandi. Bu yili Kataloniyaning boş şahri töqqizinçi örinda qayd etilgan, Norvegiya poytaxti esa umuman röyxatda yöq.