Bugun Çempionlar ligasida nimçorak finalning yana ikki uçraşuvi bölib ötadi. «Barselona» «Kamp Nou»da «Çelsi»ga qarşi, «Beşiktoş» «Vodafone»da «Bavariya»ga qarşi javob uçraşuvlarida maydonga tuşadi.
BARSeLONA – ÇeLSI
15 mart. Barselona. «Kamp Nou». 00.45
Birinçi öyin – 1:1.
Kunning intrigali öyini Kataloniya poytaxtida bölib ötadi. Barça hakam huştagi yangraşi va futbolçilar özaro jang boşlaşini kutmoqda. Bu öyinga mezbonlar yetakçisi Lionel Messi köp farzandli oila boşliği sifatida tuşib keladi. «Çelsi»dan bu öyinda matonat körsatiş talab etiladi. Antonio Konte Ernesto Valverdeni öz qoidalari böyiça öynaşga majbur qila oladimi?
«Stemford Brij»da ötkazilgan birinçi uçraşuvda mezbonlar «Barselona» bilan tengma-teng öynaşgandi. Faqat Kristiansen yöl qöygan bitta xato tufayli ğalaba boy berilgandi.
Maydon egalari safida tarkibga Inesta ham qaytmoqda. Ammo bu öyinda Kante ham öynasa, Andreasning özini körsatiş imkoniyatlari pasayişi tayin. Şuningdek, London klubi safida Azar va Villian ham juda yuqori formada. Ayniqsa, kataloniyaliklar jamoasi boş murabbiyi Villiandan çöçimoqda: «Villian köp gol uryapti. Albatta uni diqqat bilan qöriqlaşimiz lozim, çunki u hozir juda yaxşi jismoniy holatda. Biroq, «Çelsi» faqat Villiandan iborat emas. Bu jamoa Angliyaning amaldagi çempioni ekanini unutmaylik».
Lekin aytiş kerakki, «Barselona»ga qarşi öyinda raqib jamoaning har bir futbolçisi bir boş yuqori öyin körsatişi kerak böladi.
Aks holda ötgan haftalarda «Mançester Siti» va «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinlarda bölgani kabi «Çelsi»ga kuç yetmay qolişi mumkin. Qolaversa, şanba kuni «Kristal Pelas» ham Kontega muammolar tuğdirdi. Taqqoslab köring, Zaa va van Anholt qayerdayu, Messi va Suares qayerda.
Taxminiy tarkiblar:
«Barselona»: ter Stegen; Roberto, Pike, Umtiti, Alba; Paulino, Rakitiç, Buskets, Gomeş; Messi, Suares
Öynamaydi: Semedu (jarohat)
Söroq ostida: Iniyesta (jarohat)
«Çelsi»: Kurtua; Aspilikueta, Kristensen, Kexill; Mouzes, Fabregas, Kante, Alonso; Villian, Morata, Azar
Öynamaydi: David Luis (zayavka qilinmagan), Barkli (jarohat)
Söroq ostida: Ryudiger (jarohat).













