Qozoğiston aholisi soni 2018 yil 1 fevral holatiga köra 18 million 177,7 ming kişini taşkil etdi.

Mamlakat Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, şaharlarda 10 million 439,6 ming kişi (57,4 foiz), qişloq joylarda 7 million 738,1 ming kişi (42,6 foiz) istiqomat qiladi. 2017 yilga nisbatan aholi soni 240,6 ming kişiga yoki 1,3 foizga oşdi.

Yanvar oyida 33,3 ming kişi tuğilib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 4,4 foizga köpdir.

Respublika aholisining uşbu davrdagi tabiiy ösişi 2017 yil yanvariga nisbatan 2,5 ming kişiga yoki 13,1%ga köpayib, 21,5 ming kişini taşkil etdi.

Körib çiqilayotgan davrda ölimlar soni 11,8 mingni taşkil etdi, bu 2017 yil yanvariga nisbatan 8,4 foizga kam.

Bundan taşqari, yanvar oyida mamlakatga kelib, röyxatdan ötgan migrantlar soni 9,2 foizga kamaydi va 1360 kişini taşkil qildi, mamlakatdan çiqib ketgan migrantlar soni 34,9 foizga oşdi va 2258 kişini taşkil etdi, migratsiya saldosi 898 kişiga teng.

Mamlakatning asosiy migratsiya almaşinuvi MDH davlatlariga töğri keladi: MDH mamlakatlaridan kelganlar uluşi 78,1%ni; MDH davlatlariga çiqib ketganlar uluşi 86,7 foizni taşkil etdi.