Mercedes-Benz kompaniyasi marka model qatoridagi eng uzun maşina - Mercedes-Maybach Pullman’ning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Model Mercedes-Maybach S-Class sedani kabi radiatorga hamda intererning yangi rang kombinatsiyalariga ega böldi.

Foto: Mercedes-Benz

Tik taxtaçaga öxşaş radiator panjarasi klassik kostyumni eslatib yuboradi. Işlab çiqaruvçi buni birinçi marta Vision Mercedes-Maybach 6 kontsept-karida qöllagan. Şuningdek top variantdagi «Maybax» 20 dyuymlik ğildirak disklari va ikki rangli opsional kuzov bilan ajralib turadi.

Foto: Mercedes-Benz

6,5 metr keluvçi limuzin içini bezaş uçun uçta yangi rang taqdim etilgan: kul rang, jigarrang va kök aralaş qizğiş.

Salonning orqa qismida tört nafarga yaqin yölovçi joylaşişi mumkin. Limuzinda maşina old kamerasiga ulanişi mumkin bölgan displey va audiotizim funksiyasi ham bor, u birinçi hamda ikkinçi qatordagi yölovçilarga turli musiqani tinglaş imkonini beradi.

Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz