Bugun, 16 mart kuni Ostona şahridagi «RitzCarlton» mehmonxonasida Xalqaro qozoq-özbek turistik forumiga start berildi. Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillarining KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, forum doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

1. Buyuk Ipak yöli böylab xalqaro darajadagi transçegaraviy marşrut tarğiboti;

2. Buyuk Ipak yölining Özbekiston va Qozoğiston respublikalari hududlari böylab investitsion loyihalarni amalga oşiriş;

3. Örta Osiyoda hunarmandçilikni rivojlantiriş istiqbollari;

4. Turistik mahsulotlar marketingi va tarğiboti.

Şuningdek forum iştirokçilari uçun  «KazakhTourism» milliy kompaniyasi taşabbusi bilan Qozoğistonning diqqatga sazovor maskanlariga maxsus tur taşkillaştiriladi. Özbekistonlik mehmonlar 15 martdan 20 martga qadar qardoş mamlakatning turistik salohiyati va uning tarixiy maskanlari bilan yaqindan tanşitiriladi.

Bundan taşqari, "Qozoğistonda Özbekiston yili" oçilişiga oid tadbirlar doirasida Özbekiston va Qozoğiston amaliy san'at ustalarining körgazma-yarmarkasi bölib ötadi.