1 apreldan ulgurji iste'molçilar uçun yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 1000 kub metr uçun 289 740 söm böladi. Bu haqda KUN.UZ’ga UZTRANSGAZ xabar berdi.

Tariflar Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilği-energetika resurslarini öz vaqtida ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq qayta körib çiqilgan. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oşiriş közda tutilgan edi.

Şu bilan birga, gaz hisoblagiçlari bölganda aholiga yetkazib beriluvçi gaz - 10m3 uçun 2 897,40 söm böladi.

Gaz hisoblagiçlari bölmaganda aholiga yetkazib beriluvçi gaz:

Taom tayyorlaş va issiq suv ta'minoti - 10m3 uçun 5 010,60 söm;

Isitişga - 10m3 uçun 2 323,70 söm böladi. 

Bundan taşqari, markaziy isitiş ta'minoti tizimiga ega uylarga maişiy gaz plitasi uçun yetkazib beriluvçi tabiiy gaz narxi har bir istiqomat qiluvçidan 11,0 m3 uçun oyiga 5 511,65 söm böladi. Markaziy isitiş ta'minoti tizimiga ega bölmagan uylarda maişiy gaz plitasi uçun gazli suv isitgiç bölmasa - 15,0 m3 uçun  7 515,90 söm.

Markaziy issiq suv ta'minoti tizimiga ega bölmagan yoki issiq suv ta'minoti vaqti-vaqti bilan amalda bölgan uylarda gaz suv isitgiç uçun - 16 m3.ga 8 016,95 söm.

Uylar, kvartiralarni isitiş gaz uskunasi turidan qat'i nazar isitiş mavsumining beş oyi davomida isitiş uçun gazdan foydalaniş:

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida – isitilayotgan xonaning har 1 m3 uçun - 1 m3 uçun 6,0 m3.da -  1 394,20 söm;

Toşkent şahri va boşqa viloyatlarda – xonaning har 1 m3 uçun 5,76 m3.ga - 1 338,45 söm.