Apple kompaniyasi 27 mart kuni Çikagoda ötadigan taqdimotiga jurnalistlarni taklif qila boşladi. Bu haqda The Verge naşri jurnalisti Nilay Patel ma'lum qildi. 

“Hozirgina Apple’dan 27 martga Çikagodagi taqdimotga taklifnoma oldim! Super. Fikrimça, bu yangi iPad Pro qurilmalari taqdimotiga öxşayapti”, deb aytgan Patel

Taklifga köra, taqdimot “öqituvçi va öquvçilar uçun yangi ijodiy ğoyalarga” bağişlanadi. Jurnalistning fikriça, Apple tadbirda yangi iPad Pro planşetlarini taqdim qiladi.

MacRumors jurnalistlarining fikriça esa, kompaniya hamyonbop iPad planşeti, MacBook noutbuki va yangi iPhone SE smartfonini namoyiş qiladi. Bu qurilmalar birinçi navbatda ta'lim sektoriga: maktab öquvçilari, talabalar va öqituvçilar uçun möljallangan.

Yaqinda Apple har yili ötkazuvçi WWDC (Apple Worldwide Developers Conference) anjumanining sanasini ma'lum qilgandi. Joriy yilda tadbir San-Xoseda 4-8 iyun kunlari bölib ötadi va unda operatsion tizimlarning yangi versiyalari va bir neçta gadjyetlar namoyiş qilinadi.