Audi kompaniyasi yangi seriyali krossoveri Q8’ni 2018 yil iyunda Şanxay avtosalonida taqdim qiladi. Bu haqda kompaniya boşqaruvi a'zolaridan biri Piter Mertensga iqtibos keltirgan holda Motor1 naşri xabar bermoqda. Mertens bu haqda brendning har yilgi matbuot anjumanida aytib ötgan. Top-menejyerning ta'kidlaşiça, krossover “Q modellar oilasining yangi qiyofasi” böladi.

Model hozirda 2-avloddagi Q7 modeli yiğilayotgan Bratislavadagi zavodda işlab çiqariladi. Yangi krossoverning narx 110 ming yevrodan oşadi. Kupesimon krossover jahon bozorida BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan raqobatçilik qiladi. 

Foto:Motor1.com  

Avtomobil Yevropada sinov vaqtida bir neça marta payqalgan. Suratlarga köra, maşina dizayni 2017 yil martda Jyeneva avtosalonida debyut qilgan Q8 Sport prototipini töliq takrorlaydi.

Foto:Motor1.com

Maşinaning texnik körsatkiçlari sir tutilmoqda. Norasmiy ma'lumotlarga köra, krossoverning motor gammasiga dizel va benzinli  V6 va V8 turbonadduvli dvigatellar viradi.

Model keyinroq SQ8 deb nomlanuvçi sport versiyasini oladi va u BMW X6 M bilan raqobat qiladi. Kroscoverning tarkibiga 3 litrli, 444 ot kuçiga ega benzinda işlovçi dvigatel TFSI V6 va elektromotor kiradi. Ularning umumiy quvvati 470 ot kuçini taşkil qiladi. 

Foto:Motor1.com
Foto:Motor1.com