Özbekistonda xorijiy investorlarga çiqindilarni qayta işlovçi korxonalar yaratiş uçun imtiyozlar taqdim qilinişi mumkin.
Özbekistonning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Özbekiston Prezidentining “Töğridan-töğri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etişni rağbatlantiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasini çop etdi.
Hujjat loyihasiga köra, xorijiy investorlarga çiqindilarni qayta işlovçi yuqori texnologik korxonalarni rivojlantiriş uçun farmonda közda tutilgan imtiyozlar taqdim qilinişi taklif qilinmoqda.
Jumladan, xorijiy investorlar yuridik şaxslar daromadlaridan, mulk, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişga soliqlar, mikrofirmalar va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovi hamda Respublika yöl jamğarmasiga majburiy ajratmalardan ozod etiladilar.
Imtiyozlar xususiy xorijiy investitsiyalar 300 ming dollardan 3 mln dollargaça bölganda 3 yilga, 3 mln dollardan 10 mln dollargaça bölganda 5 yilga va 10 mln dollardan köproq bölganda 7 yilga beriladi.












