Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi ma'lum qilişiça, Özbekistonning Italiyadagi elçixonasi qattiq maişiy çiqindilarni boşqariş sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş uçun xorijiy ixtisoslaştirilgan kompaniyalarni jalb qilişga kömaklaşmoqda. Xususan, Özbekistonda qattiq maişiy çiqindilarni boşqariş böyiça investitsiya loyihasida iştirok etiş maqsadida strategik ekologik innovatsiyalarni işlab çiqiş va sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini joriy etişga ixtisoslaşgan Italiyaning «Innovando» kompaniyasi bilan ötgan yilning oxirida muzokaralar boşlangan.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi mutaxassislari hamda “Toza Hudud” DUK, “Innovando” kompaniyasi va “Energy X Group” mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi qöşma korxona rahbariyati iştirokida taşkil etillan videokonferensiya Sirdaryo viloyatida qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va qayta işlaş korxonasini taşkil etiş investitsiyaviy loyihasini amalga oşiriş masalalarini muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA

“Dunyo” axborot agentligining xabar berişiça, loyiha doirasida qattiq maişiy çiqindilarni töplaş, olib çiqiş, saralaş va qayta işlaş böyiça klasterni yaratiş rejalaştirgan. Çuqur qayta işlaş texnologiyalari tufayli çiqindilarning 60 foizini qayta işlaş va sement tayyorlaş uçun biogaz, yelim mahsulot hamda xomaşyo granulalari oliş uçun ikkinçi bor işlatiş rejalaştirilyapti. Köp bosqiçli loyihani amalga oşiriş 5 yilga möljallangan va uning umumiy qiymati 40 million yevroni taşkil qiladi.

Muzokaralar davomida Italiya tomoni birinçi bosqiçda italiyalik kompaniyalar tomonidan keyingi sarmoyalarni jalb qiliş va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplaşga zamin yaratadigan tarif tizimini joriy etiş masalasini muhokama qiliş zarurligini ta'kidladi. Keyingi bosqiç – bu çiqindilarni qayta işlaş çoğida ikkilamçi resurslarni oliş, uni amalga oşiriş va sotişdan iboratdir. Olingan mahsulotlar keyinçalik xorijiy davlatlarga, şu jumladan, Italiyaga ham eksport qilinişi mumkin.

Klasterning loyihaviy ğoyasini va uni amalga oşiriş konsepsiyasini bajaruvçi “Energy X Group” MÇJ qöşma korxonasi rejalaştirilgan loyiha taşabbuskori bölib, tomonlar çiqindilarni qayta işlaş zavodini quriş uçun umumiy maydoni 30 gektarga teng yer maydonini ajratiş masalasini muhokama qilişgan. Ayni paytda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda köp funksiali klasterni yaratiş uçun barça zarur talablarga javob beradigan yer uçastkasini izlaş böyiça iş olib borilmoqda.