Prezidentning “Xavfli çiqindilarni boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab xavfli çiqindilarni hosil qiluvçi yuridik şaxslar ekologik ekspertiza xulosasi asosida xavfli çiqindilarni boşqariş böyiça yillik rejalar işlab çiqadi va ularni Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining hududiy boşqarmalari bilan kelişadi.

Yillik rejalarda xavfli çiqindilar hajmini kamaytiriş, ularni qayta işlaş uluşini oşiriş, xavfsiz joylaştiriş hamda çiqindilarni qayta işlaş, zararsizlantiriş, utilizatsiya qiliş yoki kömiş uçun tegişli ruxsat va infratuzilmaga ega ixtisoslaşgan taşkilotlarga topşiriş kabi vazifalar nazarda tutiladi.

Şuningdek, foydalanişdan çiqarilgan xavfli çiqindilar saqlanayotgan maxsus inşootlar va oçiq maydonlar ularni ekologik qayta tiklaş uçun zarur mablağlar bilan birga bepul asosda agentlikka ötkaziladi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1 oktyabrdan xavfli çiqindilarni hosil qiluvçi taşkilotlar statistika hisobotlarini yil yakuniga köra şakllantirib boradi. Yangi çoralar mamlakatda xavfli çiqindilarni boşqariş samaradorligini oşiriş, qayta işlaş darajasini kengaytiriş va atrof-muhit muhofazasini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.