Qöşilgan qiymat soliğining ortiqça summasini qaytariş mexanizmi soddalaştirildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.

Yangi tartibga muvofiq qöşilgan qiymat soliğining (QQS) ortiqça summasini qaytariş böyiça murojaatlarini körib çiqiş muddati 5 iş kuniga qisqartirildi. Bundan buyon davlat soliq xizmati organi QQSning ortiqça summasini soliq tölovçining arizasi kelib tuşgan kundan boşlab 15 iş kuni içida qaytaradi.

Şu bilan birga bu jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilişi nazarda tutilib, ariza soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida berilişi mumkinligi belgilandi.

Agarda QQSning ortiqça summasini qaytariş töğrisidagi ariza qoğoz şaklida taqdim etilganda, unga ilova qilinadigan hujjatlar uç nusxada bölişi kerak. Şu kunga qadar qoğoz şaklidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar tört nusxada taqdim etilar edi.