Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Boku şahrida 2018 yilning 7-14 mart kunlari “Muğom olami” an'anaviy V Xalqaro maqom festivalida yurtdoşlarimiz iştiroki yuqori baholandi. 

Mazkur festival 2009 yildan beri har ikki yilda ötkazib kelinadi. Unda Özbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli iştirok etib kelmoqdalar. 

Bu yilgi festivalda özbekistonlik iştirokçilar – Ilyos Arabov 1-örin (xonanda), Azamat Ergaşev 3-örin (nay), Otabek Akramov 3-örin (dutor)ni qölga kiritilar. 

Ozarboyjonda Şarq madaniyati va musiqasiga e'tibor juda katta. Haydar Aliyev nomidagi Fondning asosiy maqsadlari orasida Ozarboyjonda milliy-ma'naviy qadriyatlarni saqlab qoliş, ozariy madaniyatini butun dunyoda tarğib qiliş ham bor. Mana şu ezgu işlarni amalga oşiriş maqsadida Bokuda Xalqaro Muğom markazi taşkil etilgan. 

Ma'lumki, Ozarboyjon muğomi (maqomi) 2008 yilda YuNeSKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy merosi durdonasi röyxatiga kiritilgan. 

2005 yilda Haydar Aliyev Fondi prezidenti Mehribanxonim Aliyeva rahbarligida taniqli xonanda va muğom bilimdonlari iştirokida davra suhbati ötkazildi. Davra suhbati iştirokçilari bir ovozdan Bokuda Xalqaro Muğom markazi taşkil etilişini qöllab-quvvatladilar. 

2005 yilning 24 avgustida Ilhom Aliyev, rafiqasi Mehribonxonim Aliyeva va YuNeSKOning öşa vaqtdagi Boş direktori Koişiro Matsura Muğom markazining poydevoriga birinçi toş qöyiş tadbirida iştirok etdi. 2006 yilning 6 aprel kuni mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Xalqaro Muğom markazi taşkil etilişi töğrisidagi farmoyişni imzoladi. Xalqaro Muğom markazi 2008 yilning 27 dekabr kuni rasman oçildi. 

Foto: azculture.uz

Umumiy maydoni 7,5 ming kvadrat metrni taşkil qiluvçi markaz binosi şarq musiqa asboblaridan biri bölmiş – torni eslatadi. Uç qavatli binoda 350 tomoşabinga möljallangan konsert zali, klub, ovoz yoziş studiyasi, repetitsiyalar xonasi, 80 örinli “Ud” restorani bor. Bino Italiya, Avstriya, Fransiya va Turkiyadan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xalqaro Muğom markazida yoş ijroçilar maqomning nozik sirlarini örganişadi. Markazda taniqli xonandalar iştirokida konsertlar, xalqaro konferensiya va festivallar ötkaziladi. Xalqaro Muğom markazida taşkil etilgan muzeyga taniqli muğom ijroçilarining byustlari örnatilgan. 

Bugungi kunda Ozarboyjon muğomi (maqomi) dunyoga tanilmoqda. 2009 yildan boşlab har yili Xalqaro Muğom markazida Mehribonxonim Aliyeva taşabbusi bilan Haydar Aliyev jamğarmasi kömagida an'anaviy Xalqaro maqom festivali taşkil etilmoqda. Undan közlangan maqsad butun dunyoni maqom bilan taniştiriş hamda şarq musiqasi an'analarini saqlab qolişdan iborat. Yildan yilga bu festivalda iştirok etuvçilar soni oşib bormoqda. 

2009 yilda ötkazilgan “Muğom olami” xalqaro festivalida özbekistonlik iqtidorli xonanda Yulduz Turdiyeva ğolib böldi. Uning ijrosidagi “Qoraboğ şikastasi” qöşiği barçani lol qoldirdi. Yulduz Turdiyeva ijro etgan “Qoraboğ şikastasi” maqomi Ozarboyjonliklar qalbini zabt etdi¸ deb ëzdi Boku matbuoti. 

Ozariy poytaxtida bölib ötgan jahon maqom qöşiqçilari bellaşuvida¸ Buxoroning çekka qişloğidan kelgan talaba qiz Yulduz Turdiyeva¸ maqomçilikdagi yangi iste'dod, deya tan olindi. Öşanda jurnalistlardan birining “Mukofot berilaëtgan paytda nega yiğladingiz?”, degan savoliga Yulduz Turdiyeva şunday javob bergan edi: “Töğrisi, men kutmagan edim. Men “Qoraboğ şikastasi” muğomini örganganimda juda murakkab edi. Men özi Ozarboyjon muğomini yurakdan yaxşi köraman. Birinçi örin deb e'lon qilganlarida yiği içimdan keldi. Endi bu yerda Osiëning boşqa davlatlaridan¸ Şarq davlatlaridan¸ Arab davlatlaridan¸ Misrdan iştirokçilar bor edi. Men avvaliga hayajonlandim, qörqdim. Lekin, bir qarsak bölgandan keyin özimni tutib olib, “Qoraboğ şikastasi”ni boşqaça kayfiyatda aytdim. Men uçinçi öringa ham xursand bölardim. Şu konkursga qatnaşişning özi bir baxt. Bu yerda hamma davlatlardan tanişlar orttirdim. Hamma menga “Özbekistondan kelib Ozarboyjonning “Qoraboğ şikastasi”ni ijro qilding. Rahmat senga” deb aytib¸ meni yurakdan tabriklaşdi”. 

Foto: azculture.uz

Ozarboyjon poytaxti Bokuda bölib ötgan V Xalqaro maqom festivalida ham mamlakatimiz vakillarining ğolib bölişini yurtimizda maqomga berilayotgan yuksak e'tiborning samarasi sifatida köriş mumkin. 

Ayni vaqtda milliy özligimizni anglaş, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantiriş, xalqimiz, avvalo, yoş avlodni yuksak insoniy tuyğular ruhida tarbiyalaş, uning estetik didi va tafakkurini yuksaltirişda maqom san'atining keng imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Bu borada Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi «Özbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari törisida»gi qarori qabul qilinib, izçil ijrosi ta'minlanmoqda. Qarorda ta'kidlanganidek, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bölgan milliy maqom san'ati özining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim örin egallaydi. Asrlar davomida uluğ şoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning maşaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan uşbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va şarq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta şuhrat va e'tibor qozongan. Maqom san'atining gultoji bölgan “Şaşmaqom” YuNeSKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgani hamda uning Reprezentativ röyxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdiğidir. 

Ötgan davr mobaynida mamlakatimizda maqom san'atini örganiş va rivojlantiriş borasida muayyan işlar amalga oşirildi. Ayniqsa, özbek “Şaşmaqom”i nota matnlarining naşr etilişi va ularga muvofiq ravişda maqom kuy-qöşiqlarining magnit lentalarga yozib olinişi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea böldi. Hozirgi kunda yurtimizda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, Özbekiston davlat konservatoriyasida şu yönalişda maxsus kafedra faoliyat körsatayotgani, sohaga oid ilmiy izlanişlar olib borilayotganini qayd etiş lozim. 

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorga köra, 2018 yildan boşlab Şahrisabz şahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumanini ötkaziş rejalaştirilgan. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev yaqinda Şahrisabz şahriga taşrifi davomida Oqsaroy maydonida mazkur anjumanni ötkaziş uçun zarur madaniy infratuzilma inşootlarini barpo etiş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. Xalqaro maqom san'ati anjumanining ilmiy-ijodiy konsepsiyasi haqida ma'lumot berildi. Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom san'atiga bağişlangan muzey va markaz taşkil taşkil etiş közda tutilgan. Şuningdek, şahar madaniyat saroyini kapital ta'mirlaş, Oqsaroy maydonidagi Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san'at maktabi faoliyatini takomillaştiriş tadbirlari belgilangan.