Prezident Şavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga taşrifi davom etmoqda. Davlat rahbari 17 mart kuni Past Darğom tumanida viloyat faollari bilan uçraşib, videoselektor yiğilişi ötkazdi. Unda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş muammolari tanqidiy muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda videoselektorda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri. 

«Işçi guruhlari tomonidan sönggi 1 hafta mobaynida umumiy qiymati 1.4 trln söm bölgan 110ta  qöşimça loyiha işlab çiqilib, dasturdagi yirik loyihalar soni 431taga köpaydi. Ularning umumiy qiymati 5.6 trln sömga yetkazildi. Ammo şaroiti oğir tumanlarda yirik loyihalar böyiça takliflar juda kam. 

Kattaqörğonda 7ta, Iştixonda 10ta, Nurobod 8ta, Qöşrabot va Paxtaçi tumanlarida 9tadan loyiha taklif etilgan, xolos. Bu yerdagi odamlarni iş bilan ta'minlaş kerak emasmi? 1 hafta muddatda qoloq tumanlarda qöşimça yirik loyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflar işlab çiqib, umumlaştirib şaxsan menga taqdim etasizlar. Biz buni nazorat qilamiz», - deya ta'kidladi Prezident. 

Davlat rahbari, şuningdek 1 oy muddatda şaroiti nisbatan oğir bölgan Nurobod, Past Darğom, Iştixon, Narpay va Qöşrabot tumanlarida Vazirlar Mahkamasining 2018-2019 yillarga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini işlab çiqib, taqdim etiş böyiça topşiriq berdi. 

«Nima uçun bugun men Past Darğomga keldim. Bu tuman eng katta, köp millatli tumanlardan biri. Lekin şaroiti eski tos, eski hammom. Bir köça içkariga kirsangiz, odam adaşib ketadi. Yöl yöq, suv yöq, svet yöq, gaz yöq, kömir yöq. Maktab dabdala. Şifoxonaga qarab bölmaydi. Şuning uçun yuqoridagi tumanlarda alohida dastur qilamiz. Toşkentdan mutaxassislar kelgan. Bayram xalqimizga, bizga bayram emas. Bizga iş», - dedi davlat rahbari Mirziyoyev.