Apple korporatsiyasi MicroLED istiqbolli texnologiyasidan foydalangan holda öz displeyini işlab çiqmoqda hamda bir neça yildan söng işlab çiqariş jarayonini boşlamoqçi. Bu unga şunday turdagi ehtiyot qismlarni boşqa kompaniyalardan sotib olişni töxtatiş imkonini beradi, deb xabar qildi Bloomberg agentligi.
MicroLED ekranlari nur tarqatuvçi yangi turdagi komponentlardan foydalanadi. Bu ingiçkaroq va yorqin ekranlarga ega qurilmalarni yaratiş, şuningdek, rang uzatişni yaxşilaşga yordam beradi. Bloomberg hisob-kitoblariga köra, Apple’ning şunday ekranlarga ega qurilmalari kamida ikki yildan söng sotuvga çiqadi. Agentlik taxminiça, avvaliga yangi turdagi displeylar bilan Apple Watch “aqlli soatlari” va şundan keyingina iPhone smartfonlari jihozlanadi.
Agentlikning ta'kidlaşiça, Apple Samsung korporatsiyasi kabi raqiblari bilan kuraşda ustunlikni qölga kiritiş maqsadida MicroLED texnologiyasini rivojlantirmoqda.












