Rossiya prezidentligi uçun saylovlarda ğalaba qozongan Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, hukumat tuzilmasidagi özgarişlar inauguratsiyadan söng yuz beradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Umuman olganda, hukumatdagi barça özgarişlar yangi muddatga öz vazifalarini bajariş uçun kirişgan prezident tomonidan amalga oşirilişi kerak. Şuning uçun hozirda nimani va qanday qiliş lozim ekani haqida öylayapman, şu sababdan asosiy özgarişlar, barça özgarişlar inauguratsiyadan söng yuz beradi», - deya aytib ötdi Putin.

Şuningdek, uning umid bildirişiça, jamoasi yaqin yillar davomida işini davom ettira oladi.