Navoiyda Özbekiston Superligasi 3-turi doirasida «Qizilqum» va «Nasaf» jamoalari örtasida keçgan va mehmonlar jamoasining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan öyindan keyin mezbonlar jamoasi boş murabbiyi Hamidjon Aktamov iste'fo berdi. U öyindan keyin ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida şu haqda e'lon qilgan.

«Öyin böyiça raqibga yutqazmadik, deb öylayman. Şunçaki omadimiz kelmadi. Birinçi bölimda, hisob 0:0 paytida ikkita qulay vaziyat golga aylanmadi. Yaxşi öynab yutqazdik. Yigitlarga e'tirozim yöq. Bugun boş murabbiy sifatida oxirgi öyinni ötkazdim.

Bu futbol, omad va omadsizlik yonma-yon turadi. Qölimdan kelganiça jamoani yuqoriga kötarişga intildim. Buni tuşungan, tuşunadi. Bir kişiga hamma işni bajariş qiyinçilik tuğdirar ekan.

Afsuski, hozirça çet eldan tajribali murabbiy taklif etişga imkoniyatimiz yöq. Şu bois bundan buyon jamoada Yuriy Pavloviç Lukin boş murabbiylikni davom ettiradi. Ilgari heç qaçon mavsumni bu qadar yomon boşlamagandik.

Ammo har qanday qiyinçilikniyam oxiri böladi. Futbolçilarga qöldan kelgança barça imkoniyatlarni yaratişga harakat qilayapmiz. Mavsum endi boşlandi. Öylaymanki, asta-sekin yaxşi natijalarni ham qölga kirita boşlaymiz», deya murabbiyning sözlarini keltirgan klub rasmiy sayti.

Hamidjon Aktamov köp yillardan buyon klub tuzilmasida faoliyat körsatib kelgan. U ayni vaqtda ham klub tizimida qolgan-qolmaganiga aniqlik kiritilmagan.