Şveytsariya haqida nimalarni bilamiz? Odatda Şveytsariya deganda köz öngimizga işonçli banklar, köp şokolad, eng yaxşi sut beruvçi sigirlar yaşovçi Alp toğlari keladi. Biroq bular hammasi emas. Bu mamlakatda qurol haqidagi eng liberal qonunlar amalda ekani, poralar qonuniylaştirilgani, jarimalar esa fuqarolarning daromadlariga boğliq ekanini bilasizmi? Bu hali holvasi...
Quyida Şveytsariyani mutlaqo kutilmagan tomondan namoyon qiluvçi 9 dalil bilan bölişamiz:
1. Prezident va poytaxtsiz mamlakat

Darhaqiqat, Şveytsariyada prezident va poytaxt yöq, lekin tört davlat tili va fuqarolarning referendum yordamida parlament tomonidan qabul qilingan har qanday qonundan voz keçiş huquqi bor. Mamlakat tarixida birorta millatlararo nizolar bölmagan.
2. Qurol haqidagi eng liberal qonun

Aksariyat Şveytsariyani patsifistlar mamlakati deb hisoblaydi, çunki u har qanday harbiy nizoda neytralitet saqlaydi. Şunday bölsa-da, erkaklar uçun 18 yoşdan boşlab harbiy xizmat majburiy. Erkak aholining aksariyati milliy armiya zaxirasida turadi, şuning uçun erkaklarning uylarida qurol bor va ular istagan vaqt uni qöllaşga tayyorlar.
8 million kişilik aholiga 4 million dona qurol töğri keladi (100 kişiga 50 ta). Şunga qaramay, Şveytsariya jinoyatçilik darajasi dunyo böyiça eng past körsatkiçlardan biriga ega.
3. Bu mamlakatda pora qonun bilan musthakamlangan

2017 yilda Şveytsariya korrupsiyaga faol qarşilik qiluvçi mamlakatlar reytingining 3-örnidan joy oldi. Şunisi qiziqki, korrupsiyaga qarşi kuraşdan köra, muayyan xizmat turi uçun tölov sifatida poralarni qonuniylaştiriş ğoyasi ham aynan şu mamlakatga tegişli.


















