Bugun Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Intiliş mahallasida 1000 kişiga xizmat körsatiş imkoniga ega bölgan «Ahmad ibn Malik» jome masjidining oçiliş marosimi bölib ötdi. Viloyatda rasmiy röyxatdan ötgan 74-masjid sifatida faoliyat boşlagan mazkur masjidning oçiliş marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev, viloyat hokimi örinbosari Erkin Möminov, viloyat prokurori Ravşan Maşaripov, viloyat Adliya boşqarmasi boşliği Şakir Saidov, Özbekiston musulmonlari idorasi rais örinbosari Ibrohim Inomov va Sirdaryo viloyati boş imom-xatibi Möminjon Usmonov iştirok etib, yurtdoşlarimizni masjid oçilişi bilan tabrikladi.

Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi

Masjid oçilişi şukronasiga jonliq söyilib, muhtoj oilalarga tarqatildi. Yangi masjidning imom-xatibi Uluğbek domla Qobilovga Adliya boşqarmasining guvohnomasi tantanali ravişda topşirildi. Masjidni bino bölişida öz hissasini qöşganlar haqiga duoi-xayrlar qilinib, masjidni to qiyomat musulmonlarga xizmat qilişini Yaratgandan söraldi. 

Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi

Ziyoratçilar masjidni ziyorat qilib, ikki rakatdan namoz öqişdi, bunday xayrli işlarning boşida turgan prezident Şavkat Mirziyoyev va mutasaddilar haqiga duo qilişdi. 

Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi