Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, 15 mart kuni soat 21.30larda Jarariq dahasi 18-uyda yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1974 yilda tuğilgan L.T. uyida özaro janjal oqibatida birga yaşovçi ukasi, 1977 yilda tuğilgan V.T.ning qorniga piçoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada V.T. kasalxonaga yotqizilgan. L.T. qölga olingan.