Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon seşanba kuni Nyu-Yorkka amaliy taşrif bilan jönab ketdi. Bu haqda uşbu davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nyu-Yorkda Tojikiston prezidenti «Barqaror rivojlaniş uçun suv» harakatlarining Xalqaro ön yilligiga bağişlangan BMT tadbirlarida iştirok etadi.

Kutilişiça, Imomali Rahmon amaliy taşrif doirasida BMT rahbariyati, xususan, BMT Boş kotibi Antonio Guterriş bilan uçraşuv ötkazadi.

Taşrif çoğida Tojikiston yetakçisiga taşqi işlar vaziri, taşqi aloqalar böyiça prezident yordamçisi va boşqa rasmiy şaxslar hamrohlik qilyapti.